Bolalarga bering dunyoni

Buxoroda “Bolalarga bering dunyoni!” shiori ostida bolalar san’at festivali o‘tkazildi.

Buxoro viloyati hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni jismonan va ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, bolalar musiqa va san’at maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh iste’dodlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Ayni paytda viloyatdagi musiqa va san’at maktablarida 2 ming 900 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz san’atning turli yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Festivalda ana shu yoshlar vakillari, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazlari qoshidagi to‘garaklar tarbiyalanuvchilari o‘z iste’dodini namoyish etishdi.

“Ko‘hna zamin ohanglari” respublika telefestivali ishtirokchilari Sano Nazarov, Bahodir Zaripov, shuningdek, Sitora Umarova, Laziza Nizomova, Mohichehra Samiyeva, Gulchiroy Baxshullayeva kabi yosh iste’dod egalari ijrosidagi Vatan, istiqlol, yoshlik va go‘zallikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

– Bugungi tadbirda ko‘plab iste’dodli yoshlar voyaga yetayotganiga guvoh bo‘ldim, – deydi taniqli xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Yulduz Turdiyeva. – Ushbu festival jajji ijrochilarning o‘ziga xos taqdimotiga ham aylandi.

Tadbir so‘nggida festivalning faol ishtirokchilari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi M.Esonov so‘zga chiqdi.

E.YODGOROV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Farzandim tunda peshobini tuta olmaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: