TO‘YIB UXLAMASLIK INFARKTGA SABAB BO‘LADI
Yaponiyalik olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijalariga ko‘ra to‘yib uxlamaslik yurakda muommolar keltirib chiqarar ekan. Yurak mushaklarining qisqarib-bo‘shashi sikli o‘ziga xos xususiyatga ega. Ya’ni, kunduzi yurak urishi tezlashsa kechga tomon odam uxlamaganda u bir oz tin olar ekan. Uyquda yurak ham dam olib, o‘z kuchini tiklaydi. Agar inson tinimsiz ishlab, hordiq chiqarishni unutib qo‘ysa yurakka ortiqcha yuk tushadi. Bu esa o‘z navbatida “jonli motor”ni tez ishdan chiqishiga olib keladi. Yurak xastaliklarining oldini olish uchun tiniqib uxlash zarur. Har bir inson o‘zining biologik ichki soatiga “quloq solishi” shart. Chunki, organizm toliqqanda qachon dam olish kerakligini bioritmlar belgilaydi. Inson bir kunda 8 soatdan kam uxlamasligi darkor. Tungi navbatchilikda ishlovchi odamlar esa kunduzi uxlab olishlari shart. Kun tartibiga qat’iy amal qilish sog‘liqni asrashda muhim omil hisoblanadi.