Yosh iste’molchi – ziyrak, bilimdon, intiluvchan

Istiqlol yillarda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Nodavlatnotijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor quvonarli holdir.

O‘sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy savodxonligi va iste’molchi sifatidagi madaniyatini oshirish maqsadida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida “Eng iqtidorli yosh iste’molchi” ko‘rik-tanlovi an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgani yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir.

Bu galgi tadbir O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitalari, “O‘zstandart” agentligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Ushbu tanlov 2003 yildan boshlab o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari hamda 2006 yildan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida ta’sis etilgan edi. Bugunga kelib tanlov har yili 100 dan ortiq akademik litsey va 1000 dan ortiq kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan bir milliondan ortiq yoshlarni qamrab olgan. Ta’kidlash joiz, bu yoshlarning huquqiy bilimlarining oshishida muhim ahamiyat kasb etayotir.

– Har bitta oilada iste’molchi madaniyatini shakllantirish asosiy vazifalarimizdan biridir. Tashkilotimizga o‘tgan yilning o‘zida 8 ming 400 dan ortiq shikoyat xati kelib tushgan bo‘lsa, ularning teng yarmini o‘quvchi va talabalardan kelgan xatlar tashkil qiladi, – deydi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi matbuot va axborot bo‘limi boshlig‘i Umida Mansurova. – Ushbu tanlov yoshlarni iste’molchi huquqini anglashga qaratilgan. Quvonarlisi, hozirgi yoshlarimiz o‘z muammolari hamda yon atrofdagi qonunbuzarliklarga befarq bo‘lmasdan unga chora ko‘rish yuzasidan tegishli idora va tashkilotlarga murojaatini to‘g‘ri yo‘naltirmoqda.

Bu galgi tanlov natijalari bo‘yicha birinchi o‘rinni Namangan yuridik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Diyora Xaqqulova egalladi. Farg‘ona xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Nilufar Avazbekova ikkinchi, Xo‘jayli tibbiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Manzura Erniyozova uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

“Eng ziyrak iste’molchi” yo‘nalishida Jizzax pedagogika kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Iroda Ja’farova g‘olib bo‘ldi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda yana bir vazirlik o‘zgartirilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: