31 pog‘ona yuqoriga, 2 pog‘ona pastga
O‘zbekistonning ikkinchi raqamli raketka ustasi Farruh Do‘stov Fransiyaning Sherbur shahrida o‘tkazilgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi “Cherbourg Challenger – 2014” yakkalik musobaqalari natijalariga ko‘ra ATR reytingida 31 pog‘ona yuqorilab, 175-o‘rinni egalladi.
Ta’kidlash joizki, Do‘stov Fransiyadagi musobaqalar yarim finaliga chiqib, 35 reyting ochkosini qo‘lga kiritgan edi.
Hozircha Do‘stov o‘zining eng yuqori reyting natijasiga 2007 yilning 30 aprelida erishgan edi. O‘shanda u 173 o‘rindan joy olgan edi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa reytingda yana ikki pog‘ona pastlab, 56-o‘ringa tushib qoldi. O‘tgan hafta u Dubaydagi musobaqalarning birinchi bosqichida serbiyalik Novak Jokovichga yutqazib qo‘ygan edi.