OIV vaksinasi sinovda
Braziliyadagi San-Paulu Tadqiqot jamg‘armasining xodimlari o‘zlari ishlab chiqqan OIV vaksinasini maymunlarda sinab ko‘rishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda “AiF” xabar qiladi.
Ushbu muhim voqea joriy yilda yuz berishi mumkin. Olimlar vaksina hozirgi ishlov bosqichida organizmni virusdan to‘liq xalos qilolmasligini, ammo insondan-insonga o‘tishining oldini olishi mumkinligini, bu kasallikning terminal fazasidan qochishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashmoqda.
Vaksina klinik tadqiqotlardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirdagina odamlarda sinab ko‘riladi. “HIVBr18” nomini olgan ushbu preparat ustida braziliyaliklar 2001 yildan buyon ish olib bormoqda.