Bolalar shifokorlari uchun

O‘zbekiston Respublikasida “Shifokor-pediatrning yon kitobi” chop etiladi va uning internetda ko‘rish mumkin bo‘ladigan interaktiv versiyasi ham yaratiladi. Mazkur kitob va elektron resursdan mutaxassislar shu yilning oxiridayoq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, deb yozadi “Uzbekistan Today” nashri.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi va YUNICEF hamkorligida amalga oshiriladi.

Kitob mazmuni tashxis qo‘yish va davolash standartlari, shuningdek, klinik amaliyotda ularni qo‘llashga doir tavsiyalar to‘plami shaklida bo‘ladi. Buning uchun mavjud standartlar tibbiyotning zamonaviy yutuqlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi va hozircha me’yorlari aniq bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha standartlar ishlab chiqiladi.

Ushbu loyiha kelajakda sog‘liqni saqlash tizimida bolalar va o‘smirlar kasalliklari profilaktikasiga va ularni davolashga standartlashtirilgan tarzda yondashuvni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, tibbiyotdagi texnologiyalar takomillashishi bilan bog‘liq holda nashr ham yangilab turiladi.

Yana o‘qing:  QORINDA YIG‘ILSA DAM...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: