Shaxmat: metall gayka va boltlar
Taniqli grossmeysterlarning ta’kidlashicha shaxmat donalarining tashqi ko‘rinishi unchalik ahamiyatga ega emas ekan. Gap o‘yin strategiyasi hamda raqibning mahoratiga qarshi qanday o‘ynashdadir. Ammo bu zamonaviy dizaynerlarga bir-biridan ajoyib yangi shaxmat nusxalarini yaratishga halaqit bermaydi.
Gayka va boltlardan yaratilgan shaxmat – “Tool Chess” ham o‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi.
Bir necha yil avval bolt va gaykalardan shaxmat nusxasi yaratilgan, ammo u odatiy shaxmatga umuman o‘xshamagani bois, o‘ynash juda murakkab edi. Bu kamchilikni to‘g‘irlash maqsadida dizaynerlar qo‘l mehnati yordamida bolt va gaykalardan yangi shaxmat nusxalarini tayyorlashdi. Har bir shakl aynan umumiy qabul qilingan ko‘rinishda: ot nusxasi otga, farzin farzinga o‘xshatib ishlangan, qirolning salobati borasida esa bahs bo‘lishi mumkin emasdi.
Shaxmat donalari sifatli bo‘yoq bilan bo‘yalgan va sovg‘alar uchun maxsus (qora yoki qizil rangli) jomadonga joylangan edi. Jomadonning qulay ushlagichi, uni joydan joyga ko‘chirishda yordam bersa, zamonaviy uslubdagi dizayni o‘yinni yanada qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minlaydi.
MEHRIBONU