Toshda aks etgan inson ruhiyati

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin Mirtojiyevning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

J.Mirtojiyev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ko‘p yillardan buyon talabalarga tasviriy san’at sirlaridan saboq berib kelayotir. U mamlakat va xalqaro miqyosdagi ko‘rgazmalarning faol ishtirokchisi. Musavvir mehnati davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, “O‘zbekiston xalq rassomi” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Bugungi kunda o‘zbek haykaltaroshlarining ulug‘ mutafakkirlarimizga ehtirom ramzi sifatida ishlagan monumental san’at asarlari nafaqat yurtimiz, balki xorijiy davlatlarda ham salobat to‘kib turibdi. Xususan, J.Mirtojiyevning Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy xotirasiga bag‘ishlab yaratgan haykallari dunyoning qator shaharlarida o‘rnatilgani buning yorqin ifodasidir.

Haykaltarosh ijodi betakror uslubi bilan e’tiborni tortadi. Ma’lumki, qahramonning faqat tashqi qiyofasini aks ettirish bilan kifoyalanmay, ayni vaqtda uning ichki ruhiy holatini ochib berish, o‘ziga xos xarakterini ifodalash musavvir ijodining o‘zagi hisoblanadi. Shu bois, uning asarlari tomoshabinlarni hayajonga soladi.

Ko‘rgazmada haykaltaroshning qirqdan ortiq asarlari namoyish etildi.

Yana o‘qing:  Aloqa sohasidagi muammolar o‘z yechimini topmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: