Qishki Olimpiya o‘yinlari sari

O‘zbekistonlik sportchilar joriy yilning 7-23 fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan XXII qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning ilk Olimpiya medali ham qishki sport turi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan edi. 1994 yili Norvegiyaning Lillexammer shahrida o‘tgan XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida Lina Cheryazova chang‘i akrobatikasi bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘lgan. Sportchilarimiz 1998 yil Nagano (Yaponiya), 2002 yil Solt-Leyk Siti (AQSH), 2006 yil Turin (Italiya), 2010 yili Vankuver (Kanada) shaharlarida o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etgan.

Bugungi kunda yoshlarimiz o‘rtasida tog‘ chang‘isi, snoubord, fristayl, figurali uchish, xokkey kabi qishki sport turlari tobora ommalashib bormoqda. Toshkent viloyatidagi Yangiobod, Chimyon sport bazalarida chang‘i, fristayl, snoubord, poytaxtimizdagi “Ays rink” sun’iy muz qoplamali sport saroyi va “Ays avenyu” muz saroyida figurali uchish va xokkey mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan.

XXII qishki Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizdan Misha Ge figurali uchish, Artyom Voronov hamda -Kseniya Grigoryeva tog‘ chang‘isi musobaqalarida g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Figurali uchish bo‘yicha mamlakatimizda kuchli maktab shakllangan. Yetakchi sportchimiz Misha Ge 2013 yil mart oyi-da Kanadada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida munosib ishtirok etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Tog‘ chang‘isi bo‘yicha eng kuchli sportchilarimiz – Artyom Voronov hamda -Kseniya Grigoryeva Yangi Zelandiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan.

Z.MAMATQULOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Kollejda salomatlik kuni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: