XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2014/3)
- 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 22 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimovning Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigi matbuotda e’lon qilindi.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Ekologik harakati va Ekoharakat deputatlar guruhining 2013 yildagi faoliyati sarhisobi va Sog‘lom bola yilidagi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur qo‘mita xodimlari va bojxona xizmati faxriylari ishtirok etdi.
- Farg‘ona viloyatida bilimlar bellashuvi va fan olimpiadasining tuman, shahar bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bahslarda 9-snifdan 670 nafar, 5-8-sinflardan esa 1263 nafar ishtirokchi bellashdi.
- Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining binosi to‘liq qayta rekonstruksiya qilindi. Bu ishlarga O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 milliard 751 million so‘m mablag‘ sarflandi.