Yigitning burchi
Chilonzor tibbiyot kollejida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakultetining “Vatanparvarlar” maxsus targ‘ibot-tashviqot guruhi a’zolari ishtirokida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Armiya bilan xalq bir tanu bir jon” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqil diyorimiz sarhadlarini ko‘z qorachig‘idek asrayotgan, el-yurt tinchligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan Vatan posbonlarining mashaqqatli hamda sharafli mehnatlari haqida alohida to‘xtalib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kattalarning o‘rni, ularning dono maslahatlari naqadar muhimligi borasida o‘z mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, kursant yigitlar Milliy Armiyamizdagi shart-sharoitlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir davomida “Harbiy tibbiyot fakulteti bir yoshda” va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqida” deb nomlangan videofilmlar namoyish etildi.
M. XO‘JAMURODOVA