Xurrakning xavfi

O‘tgan asrning elliginchi yillarida yaponiyalik xirurg birinchi marotaba xurrakni jarrohlik yo‘li bilan davoladi. U 23 yoshli bemorning tanglayidagi yumshoq to‘qimadan bir qismini kesib tashlab, uni xurrakdan xolos etdi.

Bundan ma’lumki, xurrak odatiy hol emas. Balki bu alomat kasallik xabarchisi, deya takidlashadi zamonaviy shifokorlar. Qattiq xurrak tortayotgan kishining uyquda nafas olishi birdaniga to‘xtab qolishi mumkin. Umuman xurrak tortish nafas olishning buzilishi bilan birga kechadi. Kishining uyqusi yaxshi bo‘lmaydi, natijada kishi kun bo‘yi lanj yuradi, boshi og‘riydi, tez-tez asabiylashadi, quvvati ozayadi.

Xurrak sababi nimada? Tibbiyotchilarning kuzatishlaricha, burun to‘siqlarini ayrim sabablarga ko‘ra qiyshayishi, burun ichidagi o‘simtalar, murtak bezlarining kattalashishi, burun bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi yoki semirib ketish oqibatida xurrak tortish odati paydo bo‘larkan. Ba’zida bolalar ham uyqusida xurrak otadilar, bu hol esa ularning burun yoki nafas yo‘llaridagi bezlarning kattalashuvi sababli yuz beradi.

Xurrakni oldini olish mumkin. Buning uchun quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz bo‘lgani. Avvalo semirib ketishdan saqlaning. Chalqancha yotib emas, yonboshlab uxlang. Uyqudan oldin spirtli ichimliklarni ichmagan ma’qul. Uxlatuvchi dorilarni ichmang. Negaki uyqu dorilari mushaklardagi faollikni susaytiradi, bu esa xurrakni yuzaga keltirishi mumkin. Bordiyu, bir necha kun uxlay olmay, nafas olishingiz og‘irlashayotganini sezsangiz, quloq, tomoq, burun kasalliklari shifokoriga murojaat etishingizga to‘g‘ri keladi.

Yana o‘qing:  Kashandalik va homiladorlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: