Vazn orttirishni xohlaysizmi?

Bir nechta kilogrammga vaznni orttirishning qanchalik qiyinligini hamma ham bilavermaydi. Organizmga haddan tashqari og‘irlik tushmasligi uchun «Semirtiruvchi» parhez sekin va muntazam tutilishi kerak.

Ishtaha yo‘qligi, tartibsiz ovqatlanish, qo‘pol parhez, faol hayot tarzi, stress, haya­jon, dam olishga vaqt yo‘qligi, depressiya, ovqat hazm qilish muammolari, allergiya, gormonal o‘zgarishlar, g‘urra kasalliklari. Ushbu yuqorida keltirilganlar sabab­lar to‘yib ovqat yemaslikka olib keladi. Parhezning asosiy prinsiplari:


– asosiy taom iste’mol qilishdan oldin yarim stakan sabzavot yoki meva sharbatini iching, bu sizning ishtahangizni oshiradi;
– kuniga 5-6 mahal belgilangan vaqtda ovqatlaning;
– taomnomangizga o‘zingizga eng ko‘p yoqadigan taomlarni kiriting;
– kuchli taomlardan keyin, masalan kechki ovqatdan keyin 30 daqiqacha dam oling;
– limono‘t iching, u tinchlantiradi va ovqat hazm bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi.
Aslida bu past kaloriyali parhez bo‘lishi kerak va kaloriyalar miqdori asta-sekin kuniga 3000-3500 ga etishi kerak. Protein parhezingizning 15 foizini, yog‘lar 30 foizini va uglevodlar 55 foizini tashkil qilishi kerak. Proteinning yarimini hayvonlar go‘shtidan oling.
Yog‘ning ovqatlarga o‘rtamiyona va teng ravishda taqsimlanishi sizni energiya bilan ta’minlaydi va istalmagan ovqatga ishtahasizlik uyg‘onishi va kislota miqdori oshib ketishining oldini oladi. Kuniga uch choy qoshiq va 2 qoshiq yog‘ yetarli, lekin soya va kungaboqar hamda zaytun yog‘idan olinadigan yog‘li kislotalarga to‘yintirilmagan yog‘lar eng barakalidir.
Uglevodlarning serobligi osongina yog‘li to‘qimalarga o‘zgaradi va shuning uchun taomnomangizga shakar, asal, oq non, mevali sharbatlarni kiritishingiz kerak. Soya va shunga o‘xshagan loviya o‘simliklari zarurdir – lekin shu o‘rinda ozuqaviy moddalarni singdirishga yordam beruvchi vitamin va minerallarni ham unutmaslik lozim.

Kun tartibi

Nonushta


Oq va sariq pishloq hamda kakao asosiy bo‘lishi kerak. Xilma-xillik uchun sizga qaynatilgan sut bilan tuxum sarig‘i, guruch pyuresini tavsiya qilamiz.

Kechki tushlik


Kechki ovqat ta’m uchun o‘rtamiyona zirovarlar qo‘shilgan, birinchi bug‘lantirilgan va keyin qovurilishi mumkin bo‘lgan parranda yoki buzoq go‘shtidan tashkil topishi maqsadga muvofiq. Xuddi shuni baliq haqida ham aytish mumkin. Ajoyib qo‘shimchalardan biri bu saryog‘ yoki quyuq qaymoq aralashtirilgan kartoshka pyure.

Yana o‘qing:  Uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslikka aslida nima sabab bo‘lish aniqlandi

Desert


Semirtiruvchi delikateslar orasiga sarsabil karami va boshqa sabzavotlar solingan hamda yog‘ (zaytun yog‘i)da aralashtirilgan yong‘oq, quritilgan mevalar va sut mahsulotlari solingan gazakni kiritish mumkin.

Kechki ovqat


Tuxumlardan tayyorlangan ovqatlar iste’mol qilish bilan kuningizni yakunlashingiz mumkin.

Hasan ERGASHEV tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: