Appenditsit va uning profilaktikasi
Appenditsit– ko‘richak chuvalchangsimon o‘simtasining yallig‘lanishi. O‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
SABABLARI:
– chuvalchangsimon o‘simta bo‘shlig‘ining yopilishi;
– infeksion kasalliklar (qorin tifi, tuberkulyoz);
– qabziyat;
– tizimli vaskulit;
– go‘shtli ovqat iste’mol qilish;
– pista chaqish.
BELGILAR:
– kindik, qorin yuqorisida o‘tkir og‘riq, 2– 6 soatdan so‘ng o‘ng tomonga siljiydi;
– ko‘ngil aynish, qayt qilish;
– oshqozon faoliyati buzilishi;
– tez-tez siydik chiqarish;
– til oq karash bilan qoplanishi;
– tana harorati 38C gacha oshishi;
– taxikardiya.
DIAGNOSTIKA:
– qon umumiy tahlili;
– siydik tahlili;
– qorin palpatsiyasi;
– qorin bo‘shlig‘i a’zolari UTTsi;
– qorin bo‘shlig‘i a’zolari, o‘pka rentgenologik tekshiruvi;
– diagnostik laparoskopiya.
Ayollarda ginekologik kasalliklarni istisno qilish uchun ginekolog ko‘rigidan o‘tish lozim.
DAVOLASH:
O‘tkir turida – operativ usulda operatsiya qilinadi. Surunkali appenditsitda:
– antibiotiklar;
– spazmolitiklar;
– fizioterapiya.
PARHEZ:
Quyidagilar man etiladi:
– yog‘li go‘sht va baliq turlari;
– qovurilgan ovqatlar;
– dudlanganlar;
– achchiq ovqatlar, ziravorlar;
– xamirli ovqatlar;
– tuzlanganlar;
– yog‘li pishloq va sut navlari;
– spirtli va gazlangan ichimliklar.
ASORATLARI:
– qorin bo‘shlig‘i absesi;
– o‘pka arteriyasi tromboyemboliyasi;
– tos venalari tromboflebiti;
– peritonit;
– jigar absesi;
– darvoza venasi yiringli yallig‘lanishi;
– o‘lim holatlari.
XAVF GURUHI:
– homiladorlar;
– 10-12 yoshdagi bolalar;
– qabziyat;
– ko‘p miqdorda oqsilli ovqat qabul qilish.
PROFILAKTIKA:
– qabziyat va oshqozon-ichak kasalliklarini vaqtida davolash;
– pista va danakli mevalar iste’molini cheklash;
– o‘simlik kletchatkasini saqlovchi mahsulotlarni iste’mol qilish;
– ko‘p ovqatlanmaslik.
Xolyor SALOMOV,
shifokor