«Muloyim qotil» qanday kasallik?

Bugungi kunda kasalliklar orasida tez-tez uchrab turadigan jigar xastaligi va jigar sirrozi, kasallikning xavfli asoratlari hamda uning oldini olish yuzasidan «Chilonzor tumaniga qarashli Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi» oliy toifali shifokori, gepatolog, terapevt, gastroenterolog Muhayyo AHMEDOVA bilan suhbatlashdik.

– Jigar inson tanasida qanday vazifalarni bajaradi?


– Jigar butun organizmni zaharli moddalardan tozalab beruvchi noyob organ, ya’ni u inson organizmida biokimyoviy labaratoriya vazifasini o‘taydi.
Jigar kasalligining xarakterli belgilaridan biri og‘riq bermaydi. Shu bois xastalik bilan og‘rigan kishilarning o‘z salomatligiga loqayd va e’tiborsizligi, og‘riqning sezilarsiz o‘tishi oqibatida ko‘pincha kasallikni o‘tkazib yuboradilar. Bekorga bu xastalikni «Muloyim qotil» deyishmagan.
1995 yilda bir guruh amerikalik olimlar yangi gepatit virusini ajratib olishdi. Bu virus A,V,S virusli gepatitlarning o‘tkir va surunkali formalarida aniqlanmaydi. V va S gepatit viruslari birga kelganda hamda kasallikka moyilligi bor shaxslardagina yuzaga chiqadi.

– Kasallik belgilarini qanday bilish va nimalarga e’tibor qaratish lozim?


– Jigar kasalligining umumiy belgilari bemorda holsizlik, jismoniy toliqish, tez charchash, teri va tirnoqlar hamda ko‘z oq sklerasining sarg‘ayishi, ishtahaning yo‘qolishi, yog‘li ovqatlarni ko‘rganda ba’zan ko‘ngil aynishi, o‘ng qovurg‘a tagida sezilar-sezilmas og‘riq va og‘irlikning sezilishidir. Jarayon jiddiylashgani sari (teleangiektaziya), ya’ni kaft terisining qizarishi, tirnoqlarning sinuvchanligi va g‘adir-budirligi seziladi.
Ayniqsa, bemorning qorin sohasi tekshirib ko‘rilganda, sarg‘ayish belgilari va qorinda qizil donachalarning paydo bo‘lishi, paypaslab ko‘rilganda jigarda sezuvchanlik oshib ketganligi aniqlanadi.
Agar bemor o‘ziga shunda ham e’tiborsiz bo‘lsa, umumiy belgilar yanada kuchayib, bemorning jismoniy harakatidagi charchash, toliqish va hansirashlar kuchayadi. Qorinning yupqalashgani, kattalashgani va oyoqlarda shishlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Shu bois o‘zini bemor sezayotgan kishi, albatta, bu belgilarni kutib o‘tirmasdan xastalikning ilk belgilaridanoq darhol mutaxassis vrach-gepatolokka murojaat qilishi lozim.
Aks holda bu holat surunkali holatdan xavfli bo‘lgan – jigar sirrozi, ya’ni «assid» holat boshlanganidan dalolat beradi. Bu esa bemor hayotining xavf ostida ekanligidan dalolat beradi.

– Surunkali virusli gepatit va uning yuqish yo‘llari haqida ham ma’lumot bersangiz?


– Surunkali virusli gepatit – jigarning uzoq davom etuvchi(6 oydan ko‘proq) distrofik yallig‘lanish jarayonidir. Bu kasallik tobora rivojlanib borishi natijasida, jigar sirrozining shakllanishiga olib keladigan patologik holat hisoblanadi.
Jigar kasalligining turli formalari, jumladan, A,V,S,D, Ye formalari mavjud bo‘lib, A formasi yuqumli hisoblanadi. U idish-tovoqlar, sochiq, yuvilmagan qo‘l tekkan narsalardan yuqqanligi bois, «kir qo‘llar kasalligi» deb ham yuritiladi. Bu kasallik sarg‘ayish bilan kechib, bemorda umumiy holsizlik, charchash, til va terining, tirnoqlarning sarg‘ayishi, jigarning kattalashishi va jigar sinamalarining oshib ketishi bilan kechadi. E’tiborlisi, gepatit A formasi bemor davolanganidan so‘ng asorat qoldirmaydi.
Gepatit V formasi esa asosan shpritslar, giyohvandlarning donorligi, qon orqali, ginekologik urologik, stamatologik zararsizlantirilmagan tibbiy asboblarni qayta ishlatish orqali yuqadi. Bunda bemor davolansa ham surunkali formaga o‘tadi. Surunkali jigar kasalligining kelib chiqishi turli hududlarda turlicha kechadi.
Bu ekologiya, ovqatlanish ratsioni, yuqumli oshqozon-ichak va boshqa kasalliklar, birinchi navbatda, virusli gepatit kasalligining yuqori darajada tarqalganligiga bog‘liq.
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, jigarning surunkali kasalliklari mingta tekshiruvdan 9,24 foizni, surunkali formasi 8,06 foizni, surunkali persiftik formasi 66,7 foizni, surunkali faol formasi 33,3 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda erta bolalik davrida jigar xastaligining og‘ir formalari ko‘payishining qayd etilayotganligi shifokorlarni jiddiy tashvishga solmoqda.

– Bemorlarni laboratoriya tekshiruvlari natijasida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?


– Qon zardob tekshirilganda, doimiy yuqori faollikdagi jigar-hujayra fermentlari aniqlanib, timol sinamasi ko‘rsatgichlari miqdori oshadi. Exogepatogrammada jigar sirrozining boshlang‘ich belgilari aniqlanadi. Surunkali gepatitda globulin fraksiyalari odatda gamma-globulinlar oshishi va albuminlar miqdorining keskin kamayishi hisobiga kechadi. Bemorda timol sinamasi ko‘rsatkichlari va V-lipoproteidlarining oshishi, summa tit­rining pasayishi kuzatiladi. Qon zardobidagi bilirubin miqdorini aniqlashda, uning oshishida avj olish davri kuzatiladi. Bunda qon zardobida umumiy xolesterin miqdori oshib, trombin va fibrinogenning kamayganligi qayd etiladi. Jigar hujayrasi fermentlari faolligi oshib ketganligi aniqlanadi(ayniqsa, ALT va AST). Reogepatogramma va exogepatogrammada o‘zgarishlar kuzatiladi.
Xastalikning diagnostikasida jigar to‘qimasini ultratovushda tekshirish muhim ahamiyatga ega. Bu usul yordamida jigar to‘qimasining qattiqlashishi va sklerozlanish darajasini aniqlash mumkin.
S gepatitning klinik va morfologik jihatlari o‘rganilganda, qonda S virusi miqdori kam bo‘lsada xastalik bilan kasallangan bemorda 5–10 yildan keyin ham surunkali gepatit shakllanishi mumkin. Shunga asoslanib, S gepatit «muloyim qotil» nomini olgani bejiz emas. Bunda kasallikning asosiy belgisi bo‘lib, jigarning kattalashishi, qattiqlashganligi hisoblanadi. Taloqda ham o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

– Kasallikni davolashda nimalar tavsiya etiladi?


– Gepatit formalari jarayoni faolligi, zaharlanish darajasi va jigar yetishmovchiligining belgilariga qarab bemorga qat’iy parhez, harakat rejimini cheklash hamda kerakli dori-darmon muolajalari tavsiya etiladi. Virusga qarshi kurashadigan preparatlar qo‘llaniladi.
Kasallik qaytalanganda, albatta, statsionarda davolanish tavsiya etiladi. Bemor hayotiga jismoniy va emotsional chegaralanishlar kiritilishi lozim. Spirtli ichimliklar ichish qat’iyan ta’qiqlanadi. To‘laqonli va asrovchi parhezlar qo‘llaniladi. Achchiq, sho‘r, qovurilgan, o‘tkir hisoblangan taomlarni iste’mol qilish keskin cheklanadi. Agar tanada va oyoqlarda shishlar kuzatiladigan bo‘lsa, ratsiondagi tuzlar miqdori kamaytiriladi.
Sariq kasalligida tabiat ne’matlaridan foydalanish ham yaxshi foyda beradi. Xastalikni davolashda ikki narsa maqsad qilinadi: biri, sariqlikni yuvuvchi dori-darmonlar, ko‘z va burunga tomiziladigan dorilar, shuningdek, sariq kasalligini paydo qilayotgan moddani chiqaruvchi surgi dorilar yordamida sariqlikni teri va ko‘zdan ketkazishdir.
Bemorga yengil hazm bo‘ladigan parranda va go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilgan mol go‘shti qaynatmalari iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, uyqusizlik, g‘azablanish, stress, ko‘p harakatlanish va hammomda cho‘milishdan saqlanish lozim. Sariq rangli narsalarga qarash yaxshi foyda beradi, bu tabiatni savdoli moddalarini teriga qarab haydashga qo‘zg‘atib, davolashni yengillashtiradi. Ich suruvchi, siydik haydovchi va terlatuvchi shifobaxsh dorivor o‘tlarni damlab ichish organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

– Gepatit kasalligining oldini olishda vaksinalarni qo‘llash qanday ahamiyatga ega?


– Virusli gipatit kasalligiga qarshi vaksina ishlab chiqilgan va bu ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi. Vakitsinatsiya qilish Gipatit V formasining oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Gipatitning S formasining oldini olish uchun hali vaksina ishlab chiqilmagan. Shu bois xastalikni S formasiga yetib kelmaslik choralarini ko‘rish lozim. Buning uchun kasallikning umumiy belgilari sezilgandayoq aniqlash, davolanish, parhezga qat’iy amal qilish muhim ahamiyatga ega.

Yana o‘qing:  Taomnomaningizga qarab tashxis...

Maryam AHMEDOVA

suhbatlashdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: