Mustaqilligimizning 22 yillik bayrami arafasida Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga muvofiq mamlakatimiz taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh fidoyi va tashabbuskor yurtdoshlarimiz Vatanimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlangan edi. Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 21 yilligi arafasida mazkur mukofotlar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag‘ishlangan “Parlamentarizm bilimdoni” mavzusida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy onlayn-viktorina g‘oliblari va faol ishtirokchilari taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida milliy qadriyatlarni rivojlantirish va ularni yosh avlodga yetkazishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda “Kamolot” shaxmat taxtasi” VI an’anaviy respublika turnirining final bosqichi boshlandi. Mazkur turnirning joriy yilgi saralash bosqichlarida mamlakatimizning barcha hududidan 245 ming nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligi munosabati bilan zamonaviy bolalar sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
6 iyul kuni O‘zbekistonda 342ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 10362 holat), 106 nafar bemor sog‘aydi, 3 kishi vafot etdi. Shu vaqtgacha 6690 bemorga javob berilgan, 37 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 3697 nafar bemor davolanmoqda.…