E’tibor va g‘amxo‘rlik xalqimizga xos fazilat

3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 15 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi. “Ameri – Kerz” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tibbiyot mutaxassislari, jamg‘arma hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Farzand ota-onaning ishonchi, ko‘zining oqu qorasi, hayot gultojidir. Har bir ota-ona dunyoga kelgan farzandiga mehr qo‘ri bilan tarbiya beradi, uning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida yetarli sharoitlarni yaratishga harakat qiladi.

Lekin hayotda ko‘ngli kemtik, ko‘makka muhtoj nogiron bolalar ham borki, bugun jamiyatimizda ularga mehr ko‘rsatish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish ijtimoiy himoya masalasida samarali ishlar amalga oshirilayotir, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi mutaxassisi B.Ochilov. – “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi hamda yurtimizning qator xayriya tashkilotlari bilan hamkorlikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan qatlamiga muruvvat va xayriya yordamlari ko‘rsatib kelinmoqda. Mehr va muhabbat ularga hech kim e’tibordan chetda emasligini, bu Vatanda inson qadri har narsadan azizligini anglatadi.

Ushbu tadbirda yig‘ilganlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan mana shunday xayrli ishlar imkoniyati cheklangan insonlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini yanada kuchaytirishini ta’kidlashdi.

– O‘g‘illarim Hasan va Husan tug‘ma nogiron. Hozir ular olti yoshda. Hukumatimiz tomonidan bizga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan behad minnatdormiz, – deydi Dilrabo Islomova.

Farhod TOLIPOV

Yana o‘qing:  JCHning rasmiy to‘pi tanishtirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: