Tarvuz
Tarvuzda yengil hazm bo‘luvchi uglevodlar (asosan fruktoza va fruktozadan kamroq miqdorda saharoza, glyukoza, maltaza), pektin bor. Undagi ulevodlar miqdori 9,2 foizni tashkil qiladi. Ba’zi shirin tarvuzlarda uglevodlar 12 foiz, oqsil miqdori 0,7 foiz bo‘ladi. Bu aminakislotalar: tirozin, valin, izoleysin, treonin, fenilanin. Tarvuzda ko‘p miqdorda beta karotin, vitaminlar V, V2, V9, RR, mineral moddalar – temir, magniy bor. Bu moddalar boshqa ho‘l meva va sabzavotlarga nisbatan 3-10 barobar ko‘p hisoblanadi.
Tarvuzning ichki qismi siydik haydovchi, o‘t haydovchi hisoblanib, jigar, buyrak va qon-tomir kasalliklarida shifobaxsh hisoblanadi. Uning tarkibida temir va vitamin V9 ko‘p, bu kamqonlikda juda foydali. Klechatka va organik kislotasi cheklangan miqdorda bo‘lganligi uchun esa gastritlarda, oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalliklarida ham shifo sifatida ishlatiladi.
Xalq tabobatida tarvuz urug‘lari sut bilan yaxshilab aralashtirilib iste’mol qilinsa, bachadondan qon ketishini to‘xtatadi.
Artritda:
Shifokor ko‘rsatmalariga amal qilgan holda kuniga 3-4 bo‘lak tarvuz iste’mol qilinadi.
Aterosklerozda:
Parhezga amal qilib: baliq kuni, olma kuni, tarvuz kuni – 1,5 kilogramm tarvuz po‘stlog‘isiz kun davomida 5 mahal yeyiladi.
Yo‘g‘on ichak shamollashida:
100 gramm quritib maydalangan tarvuz po‘stlog‘i 2 stakan qaynagan suv bilan aralashtiriladi. Sovugandan so‘ng yarim stakandan 4 mahal ichiladi.
Bosh og‘rig‘ida:
2 stakan tarvuz sharbati sekin-sekin ichiladi. Yana bir yo‘li peshona va chakkaga qalin tarvuz po‘stlog‘i qo‘yiladi.
Gijjalarda:
Tarvuz urug‘i duxovkada quritilib, go‘sht qiymalagichdan chiqariladi va sut bilan aralashtiriladi. Kun davomida 2 stakandan ovqatdan oldin ichiladi.
Dizenteriyada:
Duxovkada tarvuz po‘stlog‘i quritilib kukunga aylantiriladi. Boshlanishiga ketma-ket ikki kun kuniga 1 choy qoshiqdan reven kukuni ichiladi, uchinchi kuni 2 choy qoshiqdan tarvuz kukuni, kattalarga qizil vino, kichiklarga moychechak qaynatmasi bilan ichiladi.
O‘t pufagida tosh bo‘lganda:
Nonushta va tushlikda 500 gramm tarvuz iste’mol qilinadi. Peshinga bo‘lsa qaynatilmagan, ammo tozalangan muzdek suv ichiladi.
Surunkali ich qotishida:
Har kuni 1 kilogramm tarvuz yeb yuriladi. 5-6 kundan so‘ng ich qotishi qaytadi.
Jig‘ildon qaynashida:
Bir stakan tarvuz sharbati ichiladi.
Yurakning ishemik kasalligida:
Tarvuz sharbati siqib olinib, 2 ta olma sharbati bilan aralashtiriladi va har kuni 2 stakandan ichiladi.
Siydik yo‘li kasalligida:
Hafta davomida tarvuz va qora non iste’mol qilinadi.
Shishlarda:
Tarvuz urug‘i maydalanib, sovuq suv bilan aralashtiriladi. Mazasi uchun shakar qo‘shilishi mumkin. Kuniga 1 stakandan ichiladi. Bu yurak xastaligida kelib chiqqan shishlar qaytishiga yordam beradi.
Anginada:
Kasallik boshlangan kundan e’tiboran 4 kun davomida tomoq to‘rt mahal 0, 25 stakan tarvuz sharbati bilan chayiladi.
Yuzdagi ajinlarda:
2 osh qoshiq tarvuz sharbati 1 osh qoshiq un bilan aralashtiriladi. Aralashma 15 daqiqaga yuzga suriladi.
Yog‘li terida:
2 choy qoshiq tvorog bilan huddi shuncha tarvuz sharbati aralashtiriladi, aralashmaga 0,25 choy qoshiq miqdorda tuz qo‘shiladi. So‘ngra teriga suriladi. 5 daqiqadan so‘ng aralashma ikkinchi marta teriga suriladi. 15 daqiqadan keyin qaynagan sho‘r suv bilan yuvib tashlanadi.
Kuyganda:
Kuygan joyga tarvuz sharbatidan tayyorlangan muz bo‘lagi qo‘yiladi. 2-3 kundan keyin kuyish tuzala boshlaydi.
Osteoxondrozda:
Vanna 37 gradusli suv bilan to‘ldirilib unga 200 gr. osh sodasining suv bilan aralashmasini va 200-300 gramm tarvuz po‘stlog‘i solinib, 1 kunga tindiriladi. 1 kundan so‘ng 20 daqiqa davomida vanna qabul qilinadi.
Yara jarohatida:
Jarohat joyiga tarvuz bo‘laklari qo‘yiladi so‘ngra tarvuz sharbati bilan yuvib tashlanadi.
Xolida OCHILOVA,
Oliy toifali shifokor-endoskopist