Termometrlar endi kerakmasmi?
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti qo‘llanishi zararli bo‘lgan tibbiy asboblar ro‘yxatini tuzdi.
Mutaxassislarning fikricha, simobli termometrlarni butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarishdan olib tashlash zarur.
Ayni paytda Kumamotoda (Yaponiya) qabul qilingan Minamat konvensiyasi ushbu toksik moddadan global foydalanishni tartibga soluvchi yagona xalqaro bitim hisoblanadi. JSST konvensiyasi doirasida “Zararsiz sog‘liqni saqlash” tashkiloti tibbiy anjomlarda simobni ishlatmaslik va simobsiz xavfsiz asboblarni joriy etish bo‘yicha kampaniyani o‘tkazmoqda.
Hujjatga ko‘ra mamlakatlar alohida hollardagina 2030 yilgacha tibbiy o‘lchov asboblarida simobdan foydalanishi mumkin.
Simob va uning turli birikmalari miya va asab tizimini shikastlagan holda, odamlarning, ayniqsa, yosh bolalarning salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.