Andijon davlat tibbiyot institutida Dog‘iston davlat tibbiyot universitetining ikki fakulteti ochiladi

O‘tgan yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Rossiya – O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida har ikki oliygoh – Andijon davlat tibbiyot instituti va Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik kelishuvi imzolangan edi.

Ushbu hamkorlik doirasida joriy yilning 25 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov hamda Dog‘is­ton davlat tibbiyot universiteti rektori Suleyman Mammayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institutlar qoshida ikkita qo‘shma fakultet ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, qo‘shma fakultetlarga qabul 2019-2020 o‘quv yilidan stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha, 2020-2021 o‘quv yilidan bosh­lab esa davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalardan – telemeditsina, masofaviy, elektron va simulyasion ta’limlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda. Qo‘shma fakultet talabalari o‘qishni tamomlagach ikki tomonlama, Rossiya va O‘zbekiston namunasidagi dip­lomlarga ega bo‘ladilar. Bu Andijon davlat tibbiyot institutining yagona xalqaro ta’lim muhitiga jadallik bilan kirib borayotganidan dalolat.

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda ilk bor AQSHdagi nufuzli universitet fakulteti ochiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: