Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda 10 ta eng yaxshi mahsulot

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni istovchilar uchun meva va sabzavotlar iste’mol qilish ayni muddao. Ayniqsa, bu borada quyidagi ne’matlar koni foydadir.

Olma

Uning tarkibida 5 gramdan ortiq dag‘al tola klechatka mavjud. Shu boisdan ko‘k olmadan ozish maqsadida foydalanish yaxshi samara beradi. Agar uni parrak shaklda to‘g‘rab, ustiga biroz dolchin sepib, pechda pishirib olsangiz, ishtahani pasaytirishga ko‘mak beruvi ajoyib desert tayyor.

Klyukva

Bu mahsulot antioksidantlarga boyligi sabab kaloriyasi juda past. Shu bois, undan salat tayyorlashda ham foydalanishingiz mumkin.

Lavlagi

Kaloriyasining pastligi va kletchatkalarning ko‘pligi bilan ajralib turuvchi bu shirin sabzavot kishining shirinlikka bo‘lgan ehtiyojini susaytiradi. Agar xom lavlagini iste’mol qilish sizga yoqmasa, uni qaynatib yoki qasqonda dimlab pishirishingiz mumkin.

Rangli karam

Kaliy va kletchatkalarning boy manbai sanalgan rangli karam uzoq vaqt ochlik hissini uyg‘otmaydi. Uni sho‘rvaga yoki biror bir taom yoki salatlarga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

Sholg‘om

Kalsiy va temir manbai bo‘lgan o‘rtacha kattalikdagi ushbu mahsulotning kaloriyasi 45 kkalga teng. Uning kletchatka va suvga boyligi kishini tez och qolishdan asraydi.

Qovoq urug‘i

30 gramm qovurilgan, tuzsiz qovoq urug‘i tarkibida bor-yo‘g‘i 5 gramm yog‘ mavjud. U boshqa shu turdagi danaklarga nisbatan ancha foydalidir. Xususan, 30 gramm yeryong‘oqda yog‘ miqdori 15 gramni tashkil etadi. E’tiborlisi, qovoq urug‘i tarkibida foydali yog‘lar mavjud .

Nok

Nok me’dada yengil hazm bo‘lishi bilan mevalar ichida ajralib turadi. Uning kaloriyasi ham olmaniki bilan bir xil. Shuning­dek, u tabiat tomonidan yaratilgan eng yaxshi desertdir.

Behi

Balki sizga ushbu mevaning biroz taxir ta’mi yoqmas. Ammo u pechda pishirilganda yoki qaynatilganda mazasi tamoman o‘zgarib, o‘zidan xushbo‘y ifor taratadi. Xuddi olma singari behiga ham biroz asal yoki dolchin qo‘shsangiz, ajoyib desert hosil bo‘ladi.

Brokkoli

Bu mahsulot A, S vitaminlari va kalsiyga boy. Lekin brokolli tarkibi yog‘ bilan to‘yinmagan. Undan tayyorlangan sho‘rvaning kaloriyasi kam va foydalidir.

Greypfrut

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda eng ajoyib ne’matlardan biri. Yarim dona greypfrut S vitamining kunlik miqdori uchun yetarli bo‘lib, uning tarkibidagi dag‘al tolalar insonni to‘q saqlashga yordam beradi

Yana o‘qing:  EPILEPSIYa VA TUTQANOQ SINDROMI

X.HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: