Bolalar tirnog‘i et ichiga o‘ssa…

Bolalardagi tirnoqning et ichiga qarab o‘sishini ko‘pincha noto‘g‘ri tanlangan poyabzal tufayli kelib chiqadi, deb o‘ylashadi. Bu ham asosiy omillardan biri. Shuningdek, tirnoqni noto‘g‘ri olish, ya’ni oysimon shaklda kaltalatish ham tirnoq tuzilishiga ta’sir etishi mumkin. Hozirda bolalar orasida tirnoqning infeksion zamburug‘li kasalliklari uchrab turibdi. Bu ham tirnoq shaklini o‘zgartiradi. Agar tirnoq ichiga o‘sib ketgan bo‘lsa, lazer yordamida korreksiya qilinadi. Hozirda maxsus plastinkalar ham qo‘llanilayotgan bo‘lib, tirnoqning etga qarab o‘sishidan himoyalaydi. Kasallik to‘g‘ri davolanilsa, ke­yinchalik qaytalanmaydi. Bu holatning nasliy moyilligi borligini ham unutmaslik kerak.

Yana o‘qing:  Tahlil: telefonning inson salomatligiga zarari bor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: