Chivindan himoyalovchi bilaguzuk
Shveysariyaning “Nopixgo”kompaniyasi ultratovush va kimyoviy repellentlar o‘rniga elektromagnit tebranishni qo‘llash orqali mayda hashoratlardan himoyalanish mumkinligiga doir yangi g‘oyani taklif etdi.
Mutaxassislar hashoratlarni elektromagnit signallar yordamida cho‘chitadigan aqlli bilaguzuk yaratdi. Qurilma tarqatadigan signallar momaqaldiroqdan oldin yuzaga keladigan atmosferadagi elektr zaryadini eslatuvchi havo tebranishini hosil qiladi. Bu esa chivinlarni berkinish yoki uchib ketishga majbur qiladi. Bilaguzuk ikki metr radiusga teng ta’sir kuchiga ega. Tadqiqotchilarning fikricha hashorat uchun momaqaldiroq va jaladan himoyalanish uchun boshpana izlash instinkti chaqishdan ko‘ra ustunlik qilishi bu yerda muhim rol o‘ynaydi.
Mahsulot insonlar uchun xavfsizdir. Unda kimyoviy reaktivlar va ultratovush yo‘q. To‘lqinning kuchi uyali aloqa vositasi bilan solishtirganda yuz marta kuchsizdir. Chivindan 48 soat himoyalanish uchun bilaguzukni bir soat quvvatlantirish kifoya. Ushbu bilaguzukni ayni kunlarda 70 AQSH dollariga sotib olish mumkin.