Harbiylar oilasi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Termiz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi harbiy xizmatchilari oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida turli yuqumli kasalliklar va ularning alomatlari, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan ham zarur maslahatlar berildi.