Qarilikni sekinlashtiruvchi modda

Minnesota universiteti tibbiyot maktabi mutaxassislarining qayd etishicha fizetin birikmasi yoshi ulug‘ kishilarga tavsiya etiladi.

Bu flavonoid bo‘lib, u meva va sabzavotlarda mavjud bo‘ladi. Ayniqsa, fizetin yertut (qulupnay)da ko‘p uchraydi. Shuningdek, u xurma, olma, shaftoli, kivi, uzum, piyoz, bodring va pomidor tarkibida ham bor.

Ma’lumki, organizmning qarishi bilan tanada zararlangan yoki ishdan chiqqan hujayralar to‘plana boshlaydi. O‘z navbatida vujud bunday hujayralarni nobud etish mexanizmini faollashtirish yoki uni immun tizimi ixtiyoriga topshirish orqali tozalanadi. Biroq, keksa yoshdagilarning immun tizimi nuqsonli hujayralardan samarali forig‘ bo‘lish kuchiga ega emas. Natijada ular to‘planadi, yallig‘lanishni rivojlantiradi, saraton xavfini kuchaytiradi.

Fizetin esa qarigan, shikastlangan hujayralarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Olimlarning fikricha ushbu birikma keksalik davrida shifobaxsh ta’sirga ega.

Birikmaning qancha miqdorda doimiy iste’mol qilinishi mutaxassislar tomonidan hali aniqlanmagan.

 

D. AZIMOVA

Yana o‘qing:  VIRTUAL HAYOT XAVFI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: