Argentinada kichik olimpiada

Buenos-Ayresda III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqada Vatanimiz sharafini jami 37 nafar atletimiz 16 ta sport turida himoya qilmoqda.

Shu kungacha o‘tkazilgan kichik olimpiada o‘yinlariga qit’amiz shaharlari mezbonlik qilishgan. 2010 yili Singapur, 2014 yilda Xitoyning Nankin shaharlari 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan sayyoramizning eng iqtidorli sportchilarini do‘stlik va birdamlik bellashuvlarida jamlagan edi. Bu safar dunyo sportining ertangi kunini belgilab beradigan o‘smir yoshlar Buenos-Ayres arenalarida o‘zaro bahslashmoqda.

Musobaqaning ilk kunidayoq yosh sportchilarimiz dastlabki medalga ega chiqishdi. Taekvondo bo‘yicha – 48 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ulug‘bek Rashitov musobaqa davomida Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi.

Hal qiluvchi jangda esa rossiyalik Dmitriy Shishkoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.

Yana o‘qing:  Millat genofondiga daxldor masala: unga panja orasidan qarab bo‘lmaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: