Bokschilarimiz muvaffaqiyati

Kiyev shahrida davom etayotgan 15-16 yoshli bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolaridan yana to‘rt nafari keyingi davraga yo‘llanma oldi.

Kozimbek Mardonov 70 kilogramm vazn toifasidagi birinchi jangida belaruslik Artyom Vavilauni katta ustunlik bilan yengdi. Endi u chorak final yo‘llanmasi uchun rossiyalik Vladimir Xarchenko bilan raqobatlashadi.

Musobaqani ikkinchi davradan boshlagan Boburmirzo Tolibov ozarbayjonlik Parviz Guliyevni mag‘lubiyatga uchratib, 57 kilogramm vazn toifasidagi navbatdagi bahsda amerikalik Maykl Nelsonga qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi.

Oybek Jo‘rayev 48 kilogramm vaznda isroillik Mixail Ostroumovni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 66 kilogramm vaznda Osiyo chempionati sovrindori Eldor Merjanov italiyalik Samuel Mansarela ustidan zafar quchdi.

O‘zA.

Yana o‘qing:  Eng katta tomosha charxpalagi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: