“Bilimlar kuni” – marralar sari

Samarqand Moliya-iqtisodiyot kollejida «Bilimlar kuni» munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarni yangi o‘quv yilida olib boriladigan o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.

Aytib o‘tish kerakki, o‘quv dargohimizda yangi o‘quv yiliga alohida hozirlik ko‘rildi. Barcha o‘quv xonalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuter xonasi, badiiy va dars­lik kitoblari bilan ta’minlangan kutubxona, lingafon xonasi va zamonaviy sport zali o‘quvchilar ixtiyorida. Kollejda o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari maqsadida qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etildi. Mavjud 49 ta to‘garaklardan 12 tasi sport to‘garagi ekanligi kollejda o‘quvchilarning nafaqat bilim olishlari, balki sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun ham zarur sharoit yaratilganidan dalolat beradi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar tiladi.

G.QULMIRZAYEVA,

Samarqand Moliya-iqtisodiyot kolleji matematika fani o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Kasb kamolotga, farog‘atga yetkazadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: