Yagona va muqaddas Vatan madhi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida istiqlol ayyomi arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Vatanimiz mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlangan «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar uyushmalari, Milliy teleradiokompaniya hamkorligida tashkil etilgan tanlovning final bosqichiga bag‘ishlangan tadbirga musiqashunoslar, bastakorlar, xonandalar, san’at ixlosmandlari, talaba-yoshlar taklif etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan 2009 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rik-tanlov Vatanga sadoqat, uning takdiri uchun daxldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishni rag‘batlantirish, ularni xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Bu yilgi ko‘rik-tanlovda jami bo‘lib, 53 ming 688 nafar ijodkor, 432 ta professional va havaskor jamoalar ishtirok etdi. Ayni paytda ushbu tanlov bastakor, shoir va xonandalar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikning mustahkamlanishi va kengayishi, yangi iste’dodlarning kashf etilishi, jannatmakon diyorimizni tarannum etuvchi yuksak badiiy saviya­dagi qo‘shiqlarning ommalashuvidek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

San’at bayramining yakuniy bosqichida 19 nafar xonanda va 5 ta musiqiy jamoa o‘z qo‘shiqlarini muxlislar va hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etdi.

M.HASANOVA

Yana o‘qing:  Termizda yangi oliy ta’lim yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: