Kulgu-shifo (2013-33)
Sudya:
– Nega ovchilar jamiyati a’zosi bo‘lmay turib quyonni o‘ldirdingiz?
Ayblanuvchi:
– Nega quyon mening oilam a’zosi bo‘lmay turib dalamdagi karamni yeydi?
* * *
Oshna ayt-chi, seningcha ahmoq odam kim?
– Ahmoq shunday odamki, u gapiradi, lekin boshqa odam uni tushunmaydi. Tushundingmi?
– Yo‘q, umuman tushunmadim.
* * *
Konsertda o‘tirgan bir kishi yonidagi odamdan so‘radi:
– Nega qo‘shiqchi qo‘shiq aytib u yoqdan-bu yoqqa chayqalaveradi?
– Qimirlab turgan nishonni urish qiyin bo‘ladi.
* * *
Uyga mehmon kelganda mehmonlar bilan o‘tirgan o‘g‘ilchasini oyisi koyib, dedi:
– Alijon, nima tiling yo‘qmi, dasturxonning o‘rtasiga qo‘lingni cho‘zyapsan?
– Tilim bor, faqat dasturxoning o‘rtasiga yetmaydi-da!