Boyligim sensan-ku, sensan borlig`im

Onam allasida seni tanidim,

Murg'ak shuurimga o'zing berding nur.

Dunyoda, men axir sensiz kim edim,

Sen borsan, qalbimda yonadi g'urur.

Tillar ko'p. Ularning eng sofi sensan,

Nafosat, tarovat bordir, shubhasiz.

Biroq suhanimning senda jarangi,

Olloh nasib etgan noyob tuhfasan…

Boyligim sensanku, sensan borlig`im

Har bitta lutfda ko'raman o'zni.

Lafzim latofati, sha'nim-orligim,

Bo'yi, chiroyi bor sendagi so'zni.

Moziy saboqlari tushganda yodga,

Butun vujudimni titratar g'urur.

Navoiy faxrdur har bir avlodga,

Qanchlik salobat, qandayin surur.

Yassaviy hikmati sendadur ravon,

Go'yo, qurimagan hali siyohi.

Bilmadim, bormikan sendayin zabon,

O'zimga sig'mayin ketaman, gohi.

Boburning bayoti qoldiradi lol,

Furqat faryodini ko'rmayman hech kam.

Lutfiy lafzi erur bamisli zilol,

Muqimiy mungida ohang mujassam.

Injular ko'raman Cho'lpon tilida,

Nodira nolasi dilimga sirdosh.

Ogahiy orzusi yonar qalbimda,

Mashrab matonati ruhimga yo'ldosh.

Qay birin aytayin, qaysin maqtayin,

Barida tilimning bor nozik naqshi.

Ta'riflar behuda – senga qaytayin,

O'zing bebahomsan, o'zingsan yaxshi!!!

Mahzuna Bozorova

O'zDJTU 2-kurs talabasi

Яна ўқинг:  Кулгу шифо (2013-30)

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: