Iroda To‘laganova Farg‘onadagi turnirda kortga chiqdi

Shu kunlarda Farg‘ona shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning juftlik bahslarida faxriy sportchimiz Iroda To‘laganova ham ishtirok etdi.

O‘z vaqtida dunyoning 16-raketkasi bo‘lishga erishgan, o‘smirlar o‘rtasidagi Uimbldon turniri g‘olibasiga aylangan Iroda Farg‘ona musobaqasi juftligida Nigina Abduraimova bilan tandem hosil qildi.

Ular ilk davrada rossiyalik Varvara Flink hamda ukrainalik Valeriya Straxova hamkorligiga qarshi kortga chiqishdi va kuchli raqibalariga 4: 6,6: 7(5) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Xususiy MTMlar ko‘paymoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: