Fransiyada Xalqaro Epizootik Byuro assambleyasining 86-sessiyasi boshlandi

Parij shahrida Xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (Xalqaro Epizootik Byuro assambleyasi)ning 86-sessiyasida 181 mamlakatdan 800 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Bosh sessiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi davlat veterinariya qo‘mitasi raisi B. Norqobilov so‘zga chiqib, yurtimizdagi o‘zgarishlar, jumladan, veterinariya sohasidagi tub islohotlar, erishilgan yutuq va natijalar hamda Xalqaro Epizootik Byuro bilan O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlikning yangi davri boshlagani haqida ma’ruza qildi.

Ta’kidlash joizki, Bosh Assambleyaning joriy yilda o‘tkazilgan sessiyasida hayvonlar kasalliklari sohasida yangi xalqaro standartlar qabul qilinishi, xususan, hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish, ulardan odamlarga yuqadigan kasalliklarni bartaraf etish, jonivorlarning nazorati hamda jonzotlarni muhofaza qilish, xalqaro savdo-sotiqda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Xalqaro Epizootik Byuro assambleyasining 86-bosh sessiyasi 25 mayga qadar davom etadi.

Yana o‘qing:  Hamkorlikda silni yengamiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: