Kulgu shifo (2013-30)
Talaba xafa:
– Domlajon, men ikki bahoga loyiq emasdim!
– Bilaman, yigit, bundan past baho bo‘lmasa nima qilay, axir!
* * *
Ishga qabul qilish uchun suhbatda:
– Inglizchani bilasizmi?
– Ha, lug‘at bilan gaplasha olaman.
– Odamlar bilan gaplashishni o‘rganganingizda kelarsiz.
* * *
Sayyoh dengiz bo‘yidagi mehmonxona egasidan so‘radi:
– Bu dengizda akulalar bor, cho‘milish juda xavfli deb eshitdim, shu rostmi?
– Bo‘lmagan gap! Dushmanlarimizning uydirmasi bu. Hamma akulalarni timsohlar tutib yeb bitirishgan.
* * *
– Bolakay devorni bo‘yayotgan otasiga qarab o‘tiribdi.
– Yaxshilab o‘rganib ol, o‘g‘lim. Katta bo‘lganingda menga yordam berasan.
– Shu bitta devorni men katta bo‘lgunimchayam bo‘yab tugata olmaysizmi?