Zamonaviy maktablar ko‘rki
Esimda, qishning bo‘ronli kunlari uzoq masofani bosib o‘tib pastqamgina qurilgan, zax xonalarda, nam tortib ketgan partalaru o‘rindiqlarda bolalar bilan dars o‘tar edik. O‘sha vaqtlar uchta-to‘rtta qishloq uchun bitta maktab bo‘lar edi. Bolalar ham ta’lim olish uchun bitta-ikkita qishloqni bosib o‘tib maktabga kelishar edi.
Pechkalar ko‘mir borida yonardi, bo‘lmasa yo‘q. Shunday bo‘lsada bolalarda ilmga bo‘lgan intilish kuchli edi. Shu tufayli bo‘lsa kerak har kuni maktabga qatnab ularga baholi qudrat ilm sirlarini o‘rgatishga harakat qilar edik.
Shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik tufayli endi maktablarimiz go‘zal ko‘rinishda va hamma sharoitlarga ega. Uzoq masofaga qatnab dars o‘tishning ham keragi yo‘q. Chunki, har bir qishloqda zamon talablariga javob beradigan, barcha sharoitlarga ega maktablar qad rostlamoqda. Ushbu maktablarda o‘quvchilar bilan qiziqish va maroq bilan darslarni o‘zlashtirmoqdamiz.
Saodat MUQIMOVA,
Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi,
Qashqadaryo viloyati