Istiqlol bunyodkori
IIV Yong‘in xavfsizligi institutida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Islom Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘liqligini, xalqni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklaganligini, Buyuk yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirganliklarini ta’kidlab o‘tdilar. Shundan so‘ng buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqilligimiz asoschisi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati to‘g‘risida maxsus tayyorlangan film namoyish etildi.
Farhodjon XOJAYEV,
IIV Yong‘in xavfsizligi instituti o‘qituvchisi,
katta leytenant