Minnatdorlik maktubi

Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on shaharchasidagi xususiy shifoxonalardan birida davolandim. U yerda tashkil etilgan qulayliklardan juda mamnun bo‘ldim. Shifokorlarning shirinso‘zligi, kasbiga sadoqatidan dardim aridi. Sog‘aydim.

Gazetangiz orqali men muassasaning barcha xodimlariga minnatdorlik izhor qilaman. Ayniqsa, menga tashxis qo‘ygan va davolagan shifokor-kardiolog Alimjon va hamshira Mastura Aliyevaga alohida tashakkur aytaman. Masturaxonga atab bir shingil she’r qoraladim. Uni bir muxlisning, she’riyat shaydosining ko‘ngil kechinmalari deb qabul qilgaysiz.

 

Shifokor Masturaga

 

O‘zi sodiq hamdam,

So‘zi dardga malham,

Ko‘zi kular har dam,

Bundayi bo‘lar kam,

Shirin so‘z Mastura.

 

Qo‘li biram chaqqon,

Ko‘pga birday yoqqan,

Tole’ kulib boqqan,

Duodan dur taqqan,

Shodmon qiz Mastura.

 

Tolmay sehrli qo‘llar,

Ishlab uzoq yillar,

Shifo topsin dillar,

Rahmat desin ellar,

Darmon qiz Mastura.

 

G‘anijon ERMATOV,

mehnat faxriysi,

Buvayda tumani

Yana o‘qing:  Kichkintoylar libosi: unda sharqona jilo va milliylik aks etishi lozim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: