Nega bola tunda peshob tuta olmaydi?

Davomi. Boshi.

Bolalarda enurez shakllanishining nevrotik va nevrozga o‘xshash mexanizmlari farqlanadi. Bu dard epilepsiya (tutqanoq) bilan xastalangan deyarli barcha bolalarda kuzatiladi. Bir kechada nazoratsiz peshob ajralishi bir yoki undan ko‘p hollarda kuzatilishi mumkin. Aksariyat mualliflar 6 oy va undan ko‘p vaqt davomida, uyqu paytida xastaning bexosdan tagini ho‘llab qo‘yishini nazorat qilishni “quruq” davr deb hisoblashadi.

Odatda enurezning 2 turi – asoratlanmagan (monosimptom – bitta klinik belgi bilan kechadigan varianti) va asoratlangan (polisimptom – ko‘p klinik belgilar bilan kechadigan varianti) kuzatiladi. Monosimptomli enurezda peshobni tuta olmaslikdan tashqari boshqa klinik o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Bemorning kasallik tarixida dori vositalarini qabul qilganlik (masalan, peshob haydovchi) yoki tez-tez va ko‘p miqdorda tarkibida kofein mavjud bo‘lgan mahsulotlarni (masalan, shokolad yoki kola) iste’mol qilganlik to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar bo‘lmasligi, diagnostik tekshiruvda esa minimal hajmda, maxsus testsiz, barcha ko‘rsatkichlar me’yorda bo‘lishi kerak.

Tashxis

Tungi enurez bilan kasallangan bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganda shifokor-pediatr ketma-ketlikda peshob yo‘llari infeksiyasini, siydik hosil bo‘lishi va uni chiqarish a’zolarining rivojlanish nuqsonlarini, asab tizimi shikastlanishini nevroz, ruhiy buzilish ehtimolini istisno etadi. Zarur hollarda barcha urologik va nevrologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Tekshiruvlar quyidagilarni aniqlashga va to‘g‘ri tashxis qo‘yishga imkon beradi:

Ya’ni, peshob tahlillari siydik yo‘llari infeksiyasini, bu tizimning ultratovush tekshiruvi esa qovuq holatini hamda undagi qoldiq peshobni aniqlashga, sistografiya va ekskretor urografiya – rivojlanish nuqsonlarini dilyatatsiya darajasi, obstruksiyaning ehtimol sohasini, ExoEG, elektroensefalografiya, bosh miya qon tomirlari dopplerografiyasi, rentgenologik tibbiy tekshiruvlar va kompyuter tomografiyasi esa asab tizimi buzilishlarini, psixolog va psixiatr konsultatsiyasi bemor ruhiyatidagi salbiy o‘zgarishlarni aniqlashga yordam beradi.

Diuretik sonografiya (“furosemid – organizmda peshob haydovchi dori vositasi testi”) organizmda funksional buzilishlar mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Buyrak faoliyatini baholash uchun radiofarmpreparatli renografiya qo‘llaniladi

Shart bo‘lgan oddiy testlar:

Eng avvolo, qovuqning hajmini o‘lchash kerak. Peshob yig‘ish uchun bir necha qoidalarni bajarish lozim. Avval maxsus idishga birinchi zahartang qistaganda peshob yig‘iladi. Bu amal kunduz kuni bolani siygisi kelganda, ya’ni qovuq to‘lganda bajariladi. Olingan natija qovuqning funksional hajmi bilan solishtiriladi. U quyidagicha hisoblanadi: bola yoshiga 2 soni qo‘shiladi va olingan natija 32 ga ko‘paytiriladi.

Yana o‘qing:  G‘azab uyqu bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi

Tungi peshob miqdorini o‘lchash ham zarur. Kechqurun quruq taglik tarozida o‘lchanadi, ertalab esa ishlatilgani va tafovutga birinchi ertalabki siydik hajmi qo‘shiladi (u 1 ml =1 gr). Agar natija 160 ml. dan oshsa (5 yoshli bola uchun), demak, organizmda antidiuretik gormon (ADG) miqdori yetarli darajada ishlab chiqarilmayapti. Tunda hosil bo‘lgan peshobning miqdori ko‘p.

Davolash

Tungi enurez ba’zi bolalarda katta bo‘lgan sari o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Biroq, bunga kafolat yo‘q. Tunda peshob tuta olmaslik hollari mavjud aksariyat bolalarga maxsus rejim, yoshga qarab parhez, dori vositalari va nomedikamentoz tavsiyalar beriladi. ADG tunda kam ishlab chiqilganda uning analogi bo‘lgan va o‘rnini bosuvchi preparatdan foydaliniladi. Samarali dozada davolov kursi 4-12 haftani tashkil etadi. Biroq, ushbu dori vositasi to‘xtatilganda ko‘p hollarda kasallik qaytalaydi.

Agar qovuqning hajmi kichik ekanligi aniqlansa, birinchi navbatda qo‘llaniladigan chora – bemorni majburiy uyg‘otish yoki peshobning birinchi tomchilari paydo bo‘lganda bolani tuvakka o‘tkazish. Bundan tashqari bir qator gigiyenik qoidalarga rioya qilish lozim. Bola biroz qattiq karavotda uxlashi kerak. Uyqudan oldin kechki soatlarda suyuqlik ichish miqdorini kamaytirish, bemor tunda yotishdan avval, so‘ng kechasi tez-tez uni tuvakka o‘tkazish lozim. Bola uyquga ketgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin uni turg‘azib, hojatxonaga olib borish kerak. Uni ikkinchi marotaba uyg‘otish tavsiya etilmaydi. Bir oy davomida bola bu tartibga ko‘nikadi. 3 oydan so‘ng esa u butunlay sog‘ayadi.

Ikkilamchi enurez

Peshob yo‘li infeksiyasi yoki boshqa kasallik tufayli yuzaga kelgan ikkilamchi enurezda tegishli davolash usullari qo‘llaniladi. Agar enurez infeksiya tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, xastalikni antibakterial preparatlar bilan to‘liq davolash zarur bo‘ladi. Psixoterapevt yordami odatda e’tibori sust o‘ta faol bolalarga va maktab yoshidagi bolada stress tufayli (ota-onasi ajrashgan, bir joydan boshqa joyga ko‘chish, maktabdagi ko‘ngilsizliklar) enurez kelib chiqqanda ham zarur bo‘ladi.

Enurezning nevrotik shaklida trankvilizatorlar buyuriladi. Davolash muolajalarining davomiyligi – 2-3 hafta. Tunda peshob tuta olmaslik qovuqning o‘ta faol sindromi bilan kuzatilganda xolinolitiklar kuniga 3 mahaldan 30 kun davomida tavsiya qilinadi.

Medikamentoz bo‘lmagan usullardan psixoterapevtik, fizioterapevtik, uqalash, ignarefleksoterapiya usullari ko‘rsatilgan. Fizioterapiya usullaridan qovuq elektrostimulyasiyasi, shu jumladan, unga transrektal (to‘g‘ri ichak orqali ta’sir etish) usuli, elektrouyqu, darsonvalizatsiya, magnitoterapiya, lazeroterapiya, ignaterapiya maxsus jadval bo‘yicha, hattoki, musiqaterapiya keng tarqalgan. Odatda ushbu usullar dori vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi.

Yana o‘qing:  «Kesarcha» yo‘li bilan farzand ko‘rgan ayolga tabiiy tug‘uruq man etiladimi?

Biologik teskari aloqa (BTA) – farmakologik bo‘lmagan usul. Bunda bolaga fiziologik ma’lumotlarni ro‘yxatga olish, kuchaytirish va qaytarish maqsadida maxsus apparatura qo‘llaniladi. Usulning asosiy vazifasi – o‘zini boshqarishga o‘rgatishdir. Ya’ni, teskari aloqa bemorda fiziologik nazoratga o‘rganish jarayonini yengillashtiradi.

Tungi enurez bilan kasallangan bolalar uchun maxsus psixoterapiya kurslarini psixiatr yoki tibbiy psixolog gipno-suggestiv va bixevioral usullarni qo‘llagan holda o‘tkazadi. 10 yoshdan boshlab ishontirish va o‘zini o‘zi ishontirish usullarini (uyqudan oldin) hamda peshob qistaganda mustaqil ravishda uyg‘onadigan “formula”larni qo‘llash mumkin.

Tohir HOJIMETOV,

tibbiyot fanlari nomzodi,

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi mutaxassisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: