O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

qarori

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti bo‘lgan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, so‘z va matbuot erkinligi, fikrlar xilma-xilligiga erishish, fuqarolarimizning axborot olish, o‘z fikrini erkin ifoda etish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Ayni vaqtda, hozirgi shiddatli axborot zamonida mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga tegishli ijodiy-uslubiy yordam va ko‘mak berish, jurnalistlarning professional malakasini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, soha uchun kadrlar tayyorlash borasida bir qator dolzarb muammolar o‘z yechimini kutib turibdi.

Bu yo‘nalishda avvalambor O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini tubdan takomillashtirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Ana shu zaruratdan kelib chiqqan holda hamda ommaviy axborot vositalari faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, gazeta-jurnallar, teleradiokanallar, axborot agentliklari va Internet nashrlarida mehnat qilayotgan mualliflarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, jurnalist kadrlarning professional mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida:

  1. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasini saqlash, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, shuningdek, Uyushmaning va Uyushmaga qarashli bo‘lgan Respublika Milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish manbasi etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda “Ilhom” jamoat fondi deb yuritiladi) mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan “Ilhom” jamoat fondiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanishi nazarda tutilsin.

  1. Toshkent shahar hokimligi Uyushmani Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 16-A uyga joylashtirilishini ta’minlasin.
  1. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Uyushmaga xayriya asosida 1 ta “Damas” rusumli avtomashinasini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘ysin.
  1. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-10)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017 yil 10 avgust

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: