Poxolga jon va joziba bag‘ishlab…

Oddiy poxoldan milliy hunarmandchilik va o‘zbek miniatyura san’atining yuksak namunalarini yaratayotgan buxorolik hunarmand-rassom Akmal Muhiddinov ko‘plab xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi.

“Hunarmand” uyushmasi a’zosi A.Muhiddinovning ijodiy ishlarida Buxoroi sharifning qadim afsonalari aks etgan. Yuksak did, noyob iste’dod uyg‘unligida yaratilgan san’at namunalari ko‘pchilikka manzur, ayniqsa xorijlik sayyohlarning doimiy e’tiborida. Oila a’zolariga o‘z hunarini o‘rgatgan ijodkor ayni vaqtda ko‘plab yoshlarni “ustoz-shogird” an’anasi asosida poxolga jon va joziba bag‘ishlash san’ati sir-asrorlaridan xabardor qilayotir.

Suratda buxorolik hunarmand-rassom Akmal Muhiddinov va uning rafiqasi Dilbar Boltayeva tayyorlagan milliy hunarmandchilik asarlari.

Tohir ISTATOV

Yana o‘qing:  Kelajakda odamlar to‘p ustida harakatlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: