IBRAT YO‘LI

(Shayman hoji otaning aytganlari)

Kechagi mitti nihol

Bugun azim daraxtdir.

Tug'ilmoq – bir saodat,

Yashamoq o'zi baxtdir.

Vaqt – charxpalak aylanar,

Yurak urar betoqat.

Faqat qolar ezgulik,

Yaxshilik qolar faqat.

Bolalik fasli bo'lak,

Beg'ubor bo'lar ko'ngil.

Yodga olsang ulg'ayib,

Shodlikka to'ladi dil.

Hali-hanuz eslayman,

Oltinga teng onlarni.

Tong sahar onam yopgan,

Xushbo'y isli nonlarni.

Kechagidek yodimda,

Padarimning o'giti:

– Chin mehnatda toblanar

“Sovrinjon”ning yigiti.

Haloldan rizq yedirdim,

Guvoh, sochda oq tolam.

Yomonlardan yiroq bo'l,

Mehnatdan qochma, bolam!

…Umr yo'li baland-past,

Ko'rdik yaxshi-yomonni.

Haloldan rizq qidirdik,

Yo'latmadik yolg'onni.

Istiqlol berdi imkon,

Berdi dilga halovat.

Dilda maqsad va ishonch,

Mehnatdan topdik rohat.

Bolalarim, bir so'zga

Quloq tuting, uqing, xo'p…

Halol rizqda halovat,

Yaxshilikda hikmat ko'p!

Surxondaryo viloyati

Яна ўқинг:  ТАБИИЙ ҲУДУДЛАР МУҲОФАЗАСИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: