Gimnastikachimizning kumush medali

Germaniyaning Berlin shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy “Berlin Masters – 2013” xalqaro turnirida hamyurtimiz Jamila Rahmatova kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Gran-pri turkumiga kiruvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 17 mamlakatidan yigirmadan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Jamila Rahmatova tasma o‘ynatish bo‘yicha final bellashuvlarida Germaniya, Rossiya, Bolgariya, Belarus va Ozarbayjon Respublikasi vakillari bilan raqobatlashdi. Mohir gimnastikachimiz namoyish etgan kompozitsiya hakamlar hay’ati tomonidan 16,9 ballga loyiq ko‘rildi.

Tasma yordamida mashq bajarishda bolgariyalik Silviya Miteva birinchi, Jamila Rahmatova ikkinchi, belaruslik Mariya Kadobina­ esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Yana o‘qing:  Yangi o‘t o‘chiruvchi robot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: