Barvaqt uyg‘onadigan omadlilar

Apple  kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk va investor Kevin O’leary  kabi rahbarlar tong otishi bilanoq ( undan ilgari) uyg‘onadilar . Shuning uchun ular boshqalar uyg‘ongunga qadar  ko‘p ishlarni bajarishga ulguradilar. Ushbu mashur odamlar hech narsaga chalg‘imasdan tongni barvaqt qarshi olishadi.  Ular ijod, ta’lim va oilasi uchun alohida vaqt ajratadi.    Erta turishga odatlangan va kechqurungacha yotoqxonada yotishni xohlamagan ushbu muvaffaqiyatli odamlarga e’tibor qarating.            

Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk 

           Time gazetasining ma’lumotiga ko‘ra, ishbilarmon Tim Kuk har kuni 3:45 da uyg‘onadi. Avval sport zaliga borib, mashg‘ulotlarni bajarib bo‘lgach, yengilgina nonushta qilgach, elektron pochtasini tekshib, co‘ngra ishga boradi. Guvohi bo‘lganingizdek u har ishga ulguradi.

Investor  Kevin O’leary

          «Butun dunyo bilan ishlaydigan sarmoyadorlar Amerika yotog‘ida uxlamaydilar. Chunki uxlayotgan vaqtlarida, London yoki Tokioda hamma narsa o‘zgarishi mumkin», deya yozadi investor » Business Insider «ga bergan maqolasida.            O’LEARY  soat  5:45 da uyg‘onib barcha obligatsiya  bozorlarini tekshiradi, keyin sport bilan shug‘ullanadi. Nonushta qilib bo‘lgach 45 daqiqa biznes haqida dasturlarni kuzatib boradi. So‘ngra u ishlarni o‘rganish uchun 1 soat vaqt ajratadi. Barcha yumushlarini soat  9:30 ga qadar bajarib bo‘ladi.

       Disney kompaniyasining bosh direktori Bob Ayger

Ayger har kuni  4:30 uyg‘onadi.
            «Hozirgi vaqtda men juda ko‘p harakatlanishim darkor. Erta tongdan  velosiped haydayman. Haftada ikki marotaba ayerobika bilan shug‘ullanib,  hovlida  jismoniy harakatlar bilan mashg‘ul bo‘laman. Sababi bu fikrlash uchun yaxshi jarayon sanaladi. Men mashqlar stress (ruhiy zo‘riqish)ni kamaytiradi va chidamlilikni oshiradi, deb o‘ylayman. Shuningdek,  bu mening ishim uchun juda muhimdir».             Darhaqiqat, bunday mashqlar  rahbarlarning ijodiy salohiyatini rivojlantiradi va yangi g‘oyalar tug‘ilishiga yordam beradi.                                                                                                                                                       

 JABBORLI 

Yana o‘qing:  Banan pishib yetilishi uchun qancha vaqt kerak?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: