Organizmda oqsil tanqisligini qanday bilish va to‘ldirish mumkin?

Oqsil yetishmasligini odamning umumiy ahvoli va tashqi ko‘rinishidan darrov bilib olsa bo‘ladi. Jismoniy kuch va mushaklar faolligidan tashqari, aqliy faoliyat ham keskin pasayadi. Shuning uchun organizmda proteinlar kamayishining sabablarini va ularni bartaraf etish yo‘llarini bilish juda muhimdir.

Organizmda protein yetishmasligining asosiy sababi – tarkibida oqsil moddasi bo‘lgan ovqatlarning kam iste’mol qilinishi.

Protein yetishmasligining ikkinchi darajali sabablaridan biri – organizmda modda almashinish jarayonining buzilishi bo‘lishi ham mumkin.

Yoki endokrin tizimining yaxshi ishlamasligi ham bu sababni keltirib chiqarishi mumkin.

Organizmda oqsil yetishmovchiligini bartaraf etish uchun tarkibida oqsil moddasi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu oziq-ovqat mahsulotlariga quyidagilar kiradi:

– parranda go‘shti (kurka, tovuq, o‘rdak);

– yog‘siz mol go‘shti;

– bedana va tovuq tuxumi;

– yasmiq (chechevitsa), loviya;

– boshoqli donlar (suli, arpa, bug‘doy);

– butundonli non;

– achitilgan sut mahsulotlari;

Kilogrammdagi og‘irligingizni 1,5 ga ko‘paytirsangiz, siz uchun kunlik oqsilning grammdagi me’yori kelib chiqadi.

 

 Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Atir-upa mahsulotlaridan ko‘p foydalanish sog‘liq uchun zarar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: