“ODAMNING DARDINI ODAM OLADI”

Keling suhbatlashamiz

Hayotda har birimiz ruhshunos rolida bo‘lishimiz mumkin. Negaki, ko‘p hollarda inson bilan shunchaki suhbat qurish, uning kayfiyatini ko‘tarilishi va ertangi kunga umid bilan boqishi uchun yetarli bo‘ladi. Umrimiz shodon o‘tishi ko‘p hollarda ko‘nglimizdan kechayotgan ijobiy o‘y-xayollarimiz, qarindosh-urug‘larimiz, do‘stlarimiz, hamkasblarimiz va qo‘shnilarimizning sog‘lig‘i hamda ahvoli bilan ham bevosita bog‘liq.

Shunday vaziyatlarda suyanchiqqa muhtoj bo‘lgan yaqin insonimiz yoki begonalarga ham yordam qo‘lini cho‘zishimiz kerak.

Suhbat tinch muhitda o‘tishi zarur. Suhbatdoshingizni siz a’lo darajada tushunayotganingiz va siz uni qo‘llab-quvvatlashingizni anglashiga yordam bering. Sizning suhbatdoshingizga bo‘lgan ishonchingiz, yaxshi kayfiyatingiz, samimiy qiziqishingiz uning sizga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Suhbat davomida shunchaki unga diqqat bilan quloq solishingiz mumkin. Inson ruhiy zo‘riqish (stress) holatida bo‘lsa uning uchun shaxsiy hayoti xuddi chegarasiz ko‘ngilsizliklardan va omadsizliklardan iboratdek ko‘rinadi. Siz hamsuhbatingizni aniq va ishonarli misollar bilan vaqti-vaqti bilan boshqa insonlarda ham bu kabi muammolar yuzaga kelishiga ishontira bilishingiz zarur. Bu shuni bildiradiki, muammo yechimga ega. Har bir inson ruhan o‘zini qo‘lga olishi va hamma narsani uddalashi mumkin. Hayotda omad va omadsizliklar, baxt hamda quvonch, shuningdek, baxtsizlik ham o‘z o‘rniga ega. Bugungi kun muammolari vaqtinchalik qiyinchiliklar, ularni esa yengish oson.

Suhbatdoshingizni ijobiy kayfiyatga moslashtiring. Uni hayotning betakrorligiga, kutilmagan paytda omad unga ham kulib boqishiga ishontiring. Sizga umid bilan qarayotgan odamga kelajakda uni hayotda yaxshi va ajoyib lahzalar kutayotganiga umid bag‘ishlang. Zero, donolar “Odamning dardini odam oladi”deb bekorga aytishmagan.

Malohat NAZAROVA

Yana o‘qing:  Keksalar uchun shifobaxsh taomnoma

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: