Muvaffaqiyatli odamlar stressni qanday yengadi?

Belgilangan topshiriqqa butun e’tiborni qaratish va uni bajarishga kirishish uchun o‘rtacha darajadagi stressni boshdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. TalentSmart kompaniyasi olib borgan tadqiqot ishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega xodimlar ruhiy bosimni qanday yengishni bilishi va o‘z hissiyotlarini nazorat qila olishini ko‘rsatdi. Quyidagi his-tuyg‘ularni boshqarish qoidalari ularga stressni yengishda yordam beradi:

  1. Agar ishdan chalg‘isangiz hayotda o‘zingiz qadrlaydigan narsalarning ro‘yxatini tuzib chiqing. Minnatdorlik hissi kortizol (stress gormoni) miqdorini 23 foizga kamaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi.
  2. Ijobiy fikrlash stressni yo‘qotishda yordam beradi. Agar umidsizlikka tushib qolgan bo‘lsangiz, biror-bir ijobiy voqea haqida eslang. Yomon kunlarda ham qandaydir yaxshi xodisalar yuz berishini his qiling.
  3. Agar ish vaqtini cheklamasangiz, o‘z-o‘zidan muntazam stress holatlariga duch kelaverasiz.
  4. Kofeni kamroq ichish. Kofein ko‘pligi tufayli tomir urishi tezlashadi va hayajon paydo bo‘ladi.
  5. Tiniqib uxlagandan so‘ng miya faoliyati yaxshilanadi. Uyqu yetishmovchiligi esa kortizol miqdorini oshiradi.
  6. Salbiy fikrlamaslik. Salbiy narsalar haqida qancha ko‘p o‘ylasangiz, shuncha ko‘p quvvat yo‘qotasiz.
  7. Zarur bo‘lgan paytda yordam so‘rash. Xotirjam va samarali ishlash uchun kerak paytda yordam olish kerak. Bu ishning tez va oson bajarilishini ta’minlaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  BANANLI ShIRINLIK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: