Yer noki diabet xastaligida shifo

Yer noki topinambur deb ham ataladi. Uning foydali xususiyatlari bisyorligi sabab, dunyoning ko‘plab davlatlarida sevib iste’mol qilinadi.

Hatto, Germaniya va Yaponiyada qahva tayyorlashda qaynatilgan topinambur suvidan foydalanishadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, u to‘yimliligi jihatidan nafaqat kartoshka, balki lavlagidan ham ikki barobar foydali sanaladi.

100 gramm topinambur tarkibida 79 gr suv, 2,1 gr oqsil, 0,1 gr yog‘, 12,8 gr uglevod mavjud bo‘lib, kaloriyasi 61 kkalga teng. U o‘zida kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir singari mineral moddalar hamda V1, V2, V6, S, RR kabi vitaminlarni jamlagan. Topinambur tarkibidagi temir moddasi sabzi, kartoshka, sholg‘om, lavlagidan ham yuqori.

Topinambur ovqat hazm qilish tizimi xastaliklarida samarali natija beradi. Qolaversa me’da xastaliklari, xususan, gastrit (me’da shilliq qavati yallig‘lanishi), pankreatin, 12 barmoqli ichak xastaliklari, ich qotishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish ichaklar mikroflorasining normal ishlashiga yaxshi ta’sir o‘tkazadi.

Ayniqsa, u diabet bilan og‘rigan bemorlar ratsionida birinchi raqamli mahsulot sanaladi. Sababi mazkur sabzavotning mevasi tarkibida juda ko‘p miqdorda inulin moddasi mavjud. Shu sabab u qondagi qand miqdorini doimiy nazorat qiladi. Me’da osti bezi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ichaklarni xiltlardan tozalab, organizmdagi xolesterinni haydab chiqarish xususiyatiga ega. Yana u yaxshi antioksidant hamdir. Buyraklarda tosh xastaligi bilan og‘riyotgan bemorlarga yer noki juda foydalidir. Uni gipertoniya, taxikardiya, yurak ishemik xastaliklari va aterosklerozda iste’mol qilinsa, yaxshi samara beradi. Qon bosimini tushiradi. Qolaversa, suyaklar, soch, tirnoq va tana salomatligini saqlashda yaxshi samara beradi. Yer noki immunitetni oshirish xususiyatiga egaligi sabab bahor mavsumida gipovitaminoz xastaligida tanovul qilish tavsiya etiladi. Tarkibining kaliyga boyligi yurakni salomat qiladi va uni himoyalaydi. Mazkur shifobaxsh mahsulot sabzavot xavfli o‘smalarga qarshi vosita ekanligini butun dunyo tan olgan.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Profilaktik ishlar samaradorligi – muhim masala

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: