Yog‘ bosish epidemiyasi asta-sekin butun dunyoga tarqaladi

Olimlar o‘tgan 35 yil davomida 195 ta mamlakat vakillarining ma’lumotini tahlil qilib kelishdi. Tadqiqot 2015 yilga kelib dunyodagi har 10 odamdan biri yog‘ bosish kasalligidan aziyat chekkanini ko‘rsatdi. 73 ta mamlakatda yog‘ bosish xastaligiga yo‘liqqan odamlar soni 1980 yildagiga nisbatan ikki barobarga ko‘paygan, deb xabar beradi Zee News gazetasi.

Olimlar 2015 yilda 107,7 milyon bolalar va 603,7 milyon o‘smirlar yog‘ bosish kasalligiga uchraganini aniqladi. Tadqiqotchilar bolalar o‘rtasida kasallik ko‘rsatkichi kamroq ekanini, lekin 35 yil davomida bu ko‘rsatkich tez o‘sganini ta’kidladi. 2015 yildagi 4 millionga yaqin o‘lim tana massasi ko‘rsatkichining yuqoriligi bilan bog‘liq. O‘lganlarning 40 foizdan ko‘prog‘i yog‘ bosishdan aziyat chekmagan, ya’ni yog‘ bosishning dastlabki bosqichi ham bevaqt o‘limga sabab bo‘lishi mumkin ekan. Bunday o‘lim soni 1990 yildan sezilarli darajada o‘sgan.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  OIV miya faoliyatiga salbiy ta’sir etadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: