UY ShAROITIDA QONNI TAHLIL QILISH MUMKIN

Ko‘pchilik hollarda shifokorga murojaat qilib, qon tahlilini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ko‘p vaqtni oladi.

Buni qarangki, yaqinda xorijlik olimlar uy sharoitida ham qonni tahlil qiluvchi qurilmani yaratishdi.

Qurilma qondagi qand miqdori, xolesterin, fibrinogen va triglitserid ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida insonga organizmdagi biologik va tibbiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilishi va salomatlikning yomonlashuviga olib keluvchi xavfli o‘zgarishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishiga yordam beradi.

Uskuna-analizator smartfonlar uchun qon namunalarini to‘plovchi ignali kartrijdan tashkil topgan. Bu esa qon namunalari ko‘rsatkichiga ega kartrij joylashgan hisoblash qurilmasi bir necha daqiqadan so‘ng foydalanuvchiga mobil dastur orqali natijalarni yetkazish imkonini beradi.

Maqsuda NODIROVA,

1-Respublika tibbiyot kolleji “Kattalarda hamshiralik parvarishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Ko‘kyo‘tal – yuqumli(mi?)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: