Tushdan keyingi uyqu xosiyati

Uyquni organizm uchun hayotiy zarur ozuqa deb atash mumkin. Inson uxlaganda charchoqlar yoziladi, tiniqib uxlash esa kun davomida tetik yurishga yordam beradi.

Tushdan so‘ng uxlash bola xotirasining mustahkamlanishida asosiy o‘rin tutadi. Bu esa asosan maktab o‘quvchilari uchun foydali hisoblanadi. Dars jarayonida uy vazifalarining yaxshi o‘zlashtirilishi, yoddan aytib berish qobiliyatining oshishida va test imtihonlarini yaxshi topshirish uchun tiniqib uxlash muhim ahamiyatga ega. Aynan uyqu vaqtida xotiradagi axborotlar bazasi yangilanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi.

Tushdan keyingi uyqu bolaning eslab qolish qobiliyatini oshiradi. Bu borada “Massachusets” universiteti xodimlari 40 nafar bolada tajriba o‘tkazishdi. Tajriba natijalariga ko‘ra, ko‘rish va eslab qolish qobiliyatini oshirishda tiniqib uxlash zarurligi aytildi.

Yana o‘qing:  Mastopatiya

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: